18:57 / 19.05.2020
1 892

Karantin vaqtida insonlarni baxtli qiluvchi mashg‘ulot turi aniqlandi

Karantin vaqtida insonlarni baxtli qiluvchi mashg‘ulot turi aniqlandi
Amerikaning Prinston universiteti olimlari koronavirus tufayli joriy etilgan karantin vaqtida odamlarni baxtli qila oladigan mashg‘ulot turini aniqladi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Ekspertlarning fikricha, bu bog‘dorchilik yoki dehqonchilik.

Mutaxassislar tadqiqot o‘tkazib, 370 nafar amerikalikka sayr, xarid qilish, jamoat transportida yurish, hobbi kabi har kungi odatiy ishlar qanday ta’sir o‘tkazishini o‘rgandi.

Kuzatuvlar vaqtida tadqiqotning ayrim ishtirokchilari haftada ikki soatcha hovlisidagi bog‘ yoki dalada mehnat qilishi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu insonlar boshqalarga qaraganda o‘zida qoniqish hamda kerakli ekanligini his etadi.

«Ozgina dalangiz yoki bog‘ingiz bo‘lsa, reabilitatsiya markazlariga pul to‘lashga nima hojat? Ekin eking!», — deydi mutaxassislar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Karantin vaqtida insonlarni baxtli qiluvchi mashg‘ulot turi aniqlandi