13:03 / 20.05.2020
1 640

Afoninning sobiq jamoadoshi Shomurodovga raqobatchi bo‘lishi mumkin

Afoninning sobiq jamoadoshi Shomurodovga raqobatchi bo‘lishi mumkin
“Rostov” klubi “Orenburg” forvardi Jorje Despotovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Sergey Yegorov xabar bermoqda.

Bundan avvalroq Jorjega SSKA klubi ham qiziqish bildirayotgan edi. Ammo, moskvaliklar ham, rostovliklar ham u talab qilayotgan yillik 1,2 mln yevro maosh to‘lamoqchi emas. Ular ko‘pi bilan 700 ming yevro taklif qilishi mumkin.

28 yoshli futbolchi “Orenburg” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum RPLda jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 8 ta gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, "Orenburg" safida Vadim Afonin to‘p surgan bo‘lsa, hozirda "Rostov" sharafini boshqa bir hamyurtimiz Eldor Shomurodov himoya qilib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Afoninning sobiq jamoadoshi Shomurodovga raqobatchi bo‘lishi mumkin