13:16 / 21.05.2020
3 448

O‘zbekiston dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari e’lon qilindi

O‘zbekiston dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari e’lon qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi 19 may kuni O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganib chiqdi va o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha mahsulotlarning minimal-maksimal narxlarini keltirdi. Unda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtdan tashqari) 37 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kilogramm)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtdan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (65 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kilogramm)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (75 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2 000 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kilogramm)
Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da qayd etilgan (2 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (7 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 500 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kilogramm)
Piyozning minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (500 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da kuzatildi (3 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kilogramm)
Sabzining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori» va «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori» va Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (7 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 7 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (10 dona)
Tuxumning minimal narxi Andijon shahrining «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori»da qayd etildi (7 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (13 000 so‘m).

Guruch 4 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kilogramm)
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruchning minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» va Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan (Nukus navli guruch 4 000 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da kuzatildi (Lazer navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 400 so‘mdan 14 500 so‘mgacha (litr)
O‘simlik yog‘ining minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i (8 400 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 500 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kilogramm)
Shakarning minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski Jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5 500 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da, Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori»da, Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori»da, Navoiy shahrining «Saxovat» bozorida, Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temir yo‘l dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori»da, Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq- ovqat bozori» hamda «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (6 500 so‘m) kuzatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari e’lon qilindi