16:45 / 21.05.2020
2 247

Alisher Usmonov Marhamatdagi ehtiyojmand oilalarga 2,5 milliard so‘m ajratdi

Alisher Usmonov Marhamatdagi ehtiyojmand oilalarga 2,5 milliard so‘m ajratdi
Rossiyalik tadbirkor, asli kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov Andijon viloyatining Marhamat tumanida ehtiyojmand oilalar uchun jami 2,5 mlrd so‘m xayriya qildi. Ushbu pullar mingta oilaga 2,5 million so‘mdan taqsimlab berilgan.

Andijon viloyatining qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh qismida joylashgan Marhamat tumanida jami 48ta mahalladan 1000ta oila ehtiyojmand, deb topilgan.

“Ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish mahalliy hokimliklarning kundalik muhim vazifasiga aylangan bir kezda o‘zbekistonlik taniqli biznesmen Alisher Usmonovning 2,5 milliard so‘m miqdoridagi moddiy yordami mehr-saxovatning haqiqiy ifodasi bo‘ldi. Shu asosda har bir oilaga 2,5 million so‘mdan berildi”, deyiladi “Xalq so‘zi” nashri xabarida.


“Kundalik tashvishlar bilan ovora bo‘lib hatto oilamizning, ayniqsa, farzandlarimizning istiqboli haqida qayg‘urish ko‘nglimizga ham sig‘mayotgan bir paytda saxovatli insonlarning ko‘rsatgan muruvvati eng katta mukofot bo‘ldi. Bu mablag‘ nafaqat moddiy yordam, balki, ertangi kunimizga, hukumatimizga, mehri ummon zamondoshlarimizga bo‘lgan ishonch ifodasidir. Bizga shu qadar e’tibor ko‘rsatilgan ekan, biz o‘zimiz ham bu ishonchni oqlaymiz”, deydi marhamatlik Abdurasul Inomov.

Ajratilgan mablag‘lar “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati plastik kartalari har fuqaroga mutasaddilar tomonidan yetkazib berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, rossiyalik tadbirkor, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov Sirdaryo viloyatidagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam uchun 10 mln dollar taqdim etgandi.

Shuningdek, Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga ham jami 25 mln dollar ajratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Alisher Usmonov Marhamatdagi ehtiyojmand oilalarga 2,5 milliard so‘m ajratdi