14:24 / 24.05.2020
2 888

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3132taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3132taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 17 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 24 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3132 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari esa Toshkent shahrida aniqlandi», deyiladi xabarda.

23 may kuni jami 79ta yangi zararlanish holati aniqlandi va 40 bemor sog‘aydi.

Shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlar soni 2532 nafarni tashkil etmoqda. Hozirda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 587 nafar bemor davolanmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3132taga yetdi