Bugun O‘zbekiston hududida Eron tomondan issiq havo kirishiga sabab bo‘lgan balandlikdagi yuqori bosimli qatlam ta’siri saqlanib turadi.
Butun respublika bo‘yicha ob-havo ochiq bo‘ladi. Kunduzgi harorat 36-39 darajani tashkil qiladi, shimoliy hududlar va cho‘l zonasida ayrim joylarda 40-41 darajagacha yetadi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, balandlikdagi yuqori bosimli qatlam haftaning oxirigacha mamlakatdagi ob-havo sharoitlariga ta’sir qiladi. Ob-havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida 27-28 may kunlari shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.
Harorat 34-39 daraja atrofida bo‘ladi. Respublikaning shimoli, cho‘l zonasi va janubida harorat bundan ham issiq, 40-41 darajagacha yetadi, bu butun hududimiz bo‘yicha may oyining so‘nggi kunlari uchun xos o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori, va eng issiq yillarda shu kunlarda kuzatilgan haroratlardan bir oz pastdir.
Toshkentda may oyida haroratning mutlaq maksimumi 39,9 darajani, respublikaning janubiy viloyatlari va cho‘l zonasida ayrim joylarda 43-44 darajani tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi