19:01 / 28.05.2020
2 346

MIB: Qo‘rg‘ontepada karantin davrida 112 ta oila yarashtirildi

MIB: Qo‘rg‘ontepada karantin davrida 112 ta oila yarashtirildi
Majburiy ijro byurosi xodimlari nafaqat aliment qarzdorliklarini undirish, balki ajrashgan oilalarni yarashtirishga ham ko‘maklashmoqda. Bu haqda MIB matbuot xizmati "Darakchi"ga xabar berdi.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining 23.02.2018 yildagi qarzdor Melixo‘jayev Xudoyberdidan undiruvchi Akramova Odina foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘lim boshlig‘i Sh.Umaraliyev tomonidan olib borilgan tushuntirishlar natijasida oilaviy kelishmovchilikka chek quyilgan.

Uraimov X. va Orziyeva G.ning oilasi ham ajrashishi arafasida edi. Ularning bir nafar farzandi uchun aliment to‘lash belgilangandi. Ammo tushuntirishlar natijasida bu oila qayta tiklandi. Endigina 24 yoshni qarshi olgan ushbu juftlikka kelgusida tinch-totuvlikda birgalikda uzoq umr kechirishlariga tilak bildirildi.

Karantin davrida Qo‘rg‘ontepa tumanida Byuro xodimlarining jonbozligi bilan 112 ta ajarashayotgan oilani yarashtirilishiga erishildi. Oilalar yarashganligi munosabati bilan undiruvchilarning arizasiga asosan aliment unidirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari ishlari yakunlandi.

Xabarda ta’kidlanganidek jamiyatimizning asosi bo‘lgan oilalar hech qachon ajralmasin. Zero, hech bir farzand otasiga begona bo‘lib, undan aliment to‘lovlarini olmasin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » MIB: Qo‘rg‘ontepada karantin davrida 112 ta oila yarashtirildi