19:51 / 28.05.2020
2 815

Propiska qayta yopilishi rostmi? Adliya vazirligi oydinlik kiritadi

Propiska qayta yopilishi rostmi? Adliya vazirligi oydinlik kiritadi
Bugungi kunda aholi orasida “Propiska yaqinda yana yopilarkan, ochilgani ma’lum muddat amal qilinadigan aksiya ekan” degan mish-mishlarga oydinlik kiritish yuzasidan Adliya vazirligi quyidagilarni ma’lum qildi:

Birinchidan, Prezident Farmonlari bilan 2020 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligi belgilandi.

Shunga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan ko‘chmas mulk sotib olish uchun ushbu hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi sharti butunlay bekor bo‘lgan.

Ikkinchidan, 2020 yil 21 maydan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida birlamchi bozordan yangi qurilgan uy-joy sotib olishda shartnoma summasining 5 foizi miqdorida davlat boji to‘lash tartibi bekor bo‘ldi.

Uchinchidan, “Toshkent shahrida propiska yopilishi yoki ochilishi” masalasiga ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishning hech qanday aloqasi yo‘q.

To‘rtinchidan, bugungi kunda Respublikamiz hududida 818 nafar notariuslar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun fuqarolar istalgan notariusga murojaat qilishi mumkinligi, faqatgina Toshkent shahridagi notariuslar Toshkent shahridagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishi mumkin degan fikrdan yiroq bo‘lishi lozimligi ma’lum qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Propiska qayta yopilishi rostmi? Adliya vazirligi oydinlik kiritadi