Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, ayni soatlarda Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Andijonda tuzalganlarning barchasi Andijon shahridan bo‘lib, 2 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 36 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan chaqaloq. Viloyatda ayni paytga qadar 169 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular soni 174 nafarga yetdi.
Samarqandda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Pastdarg‘om, Ishtixon, Oqdaryo tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari erkak, 2 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 46 yoshda, yoshi kichigi 36 yoshda. Viloyatda ayni paytga qadar 254 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 258 nafarga yetdi.
Shunday qilib, bugun 26 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2694 nafarni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi