22:03 / 28.05.2020
2 068

Ohak sexidagi o‘g‘rilik

Ohak sexidagi o‘g‘rilik
Farg‘ona viloyat iqtisodiy sudining qaroriga ko‘ra tabiiy gazdan 583 mln. so‘m qarzdorlikni to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkor endi gazdan o‘g‘rincha foydalana boshladi. Afsuski, ayrim tadbirkorlar karantin davrida“birov bilmay qoladi” qabilida egri ish tutayotgani, achinarli, albatta.

Joriy yilning 27 may kuni Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi hamda Oltinko‘l tumani tezkor xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan navbatdagi monitoring davomida, Oltinko‘l tumani, Ko‘makay mahallasida faoliyat olib boruvchi tadbirkor Ibragimov Shoxidbek ta’minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan, texnik hujjatlarsiz, tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olib, ohak pishirayotganligi aniqlandi.

Tadbir davomida tabiiy gaz tarmog‘iga 3 dona 25 tonnalik ohak xumdoni 10 dona nostandart yondirgich (gorelka) orqali tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga zid ravishda ulanganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ta’minotchi korxona manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori hisob-kitob qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ohak sexidagi o‘g‘rilik