12:18 / 11.06.2020
2 760

O‘zbekiston Transport vazirligi AQSHga nima uchun charter reys qo‘yilmayotganiga izoh berdi

O‘zbekiston Transport vazirligi AQSHga nima uchun charter reys qo‘yilmayotganiga izoh berdi
O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov 10 iyun kuni AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifing vaqtida nima sababdan AQSHga charter reyslar qo‘yilmayotganiga izoh berdi.

Brifing vaqtida hozirda charter reyslar amalga oshirilayotgani, lekin nimagadir AQSHga charter reys qo‘yilmagani va charter reys qo‘yilishi tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish so‘ralgan.

«Charter reyslar faqatgina Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan yo‘lga qo‘yiladi. Qachon charter qo‘yish masalasi O‘zbekistondagi statsionar karantin o‘rinlarining soni va boshqa omillarni ko‘rib chiqqan holatda belgilanadi», – deya ushbu savolga javob qaytargan Ashurmatov.

Shuningdek, charter reyslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangach, Transport vazirligi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib borilishi, turli-tuman informatsion saytlar tomonidan e’lon qilinayotgan norasmiy ma’lumotlarga ishonmaslik so‘ralgan.

Avvalroq O‘zbekiston xorijdagi fuqarolarni olib kelish uchun 22 iyunga qadar yana 20 ta charter reys amalga oshirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan. Ularning ko‘pchiligida kasallik aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Transport vazirligi AQSHga nima uchun charter reys qo‘yilmayotganiga izoh berdi