17:13 / 11.06.2020
2 844

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4700 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4700 nafardan oshdi
O‘zbekistonda 11 iyun kuni soat 16:30 holatiga ko‘ra, yana 22 kishida koronavirus aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 4717 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

- 10 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida;
- 4 nafari Toshkent shahrida (3 nafari aholi orasida, 1 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan);
- 8 nafari (Sirdaryoda — 3 nafar, Toshkent viloyatida — 3 nafar, Qoraqalpog‘istonda — 2 nafar) Rossiyadan chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilarida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 72 kishiga ko‘payib, 4695 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda kun davomida hozirgacha 79 nafar bemor kasallikdan tuzalib, koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan fuqarolar soni 3611 nafarga yetdi.

Hozirda O‘zbekistonda 1087 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda.

Bundan avval O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 3532 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endilikda ular soni 3611 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 11 iyun soat 16:30 holatiga ko‘ra 4717 nafarni tashkil etmoqda. Virus asoratlaridan 19 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4700 nafardan oshdi