11:23 / 28.06.2020
2 182

Ukraina fuqarolari Zelenskiy prezidentligining birinchi yili qanday o‘tganiga baho berdi

Ukraina fuqarolari Zelenskiy prezidentligining birinchi yili qanday o‘tganiga baho berdi
Foto: Facebook
Razumkov markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 37 foiz fuqarolar Vladimir Zelenskiyning prezidentlik yili «yaxshi» yoki «juda yaxshi» o‘tganiga ovoz bergan. 34 foiz respondentlar esa Zelenskiy faoliyatini «yomon emas» va «yaxshi emas» deb baholagan, so‘rovnomada ishtirok etganlarning qolgan 28 foizi «ancha yomon» yoki «juda yomon» deb topgan.

Respondentlarning bir qismi hozirgi hukumat avvalgisidan zo‘rligiga ovoz bergan — 38 foiz. Tadqiqotda qatnashgan 38 foiz fuqarolar hozirgi hukumat avvalgisidan farq qilmasligini tanlagan, 16 foiz respondentlar esa Zelenskiy jamoasi avvalgi rahbariyatdan yomon degan javobni tanlagan.

Aprelda Zelenskiyning umummilliy manfaatlarni himoya qilishi haqida fikr bildirganlar 50 foizni tashkil qilgan, prezidentning shaxsiy va o‘z siyosiy guruhi manfaatlarini himoya qilmoqda deb hisoblovchilar esa 33 foizni tashkil qilgan.

So‘rovnoma ishtirokchilarining yarmidan ko‘pi — 63 foizi hukumatning mamlakatdagi vaziyatni yaxshilashga urinayotgani, ammo hozircha hech narsa qila olmaganini qayd etgan. 25 foizi esa Zelenskiy va administratsiya shunday taassurot uyg‘otishga urinayotganini tanlagan. Faqat 9 foiz odamlargina amaldagi hukumatning sa’y-harakatlari samara berayotganini ta’kidlagan.

So‘nggi yillarda Ukrainadagi vaziyatning yomonlashganiga 42 foiz respondentlar ovoz bergan, fuqarolarning 33 foizi vaziyat o‘zgarmagan, 15 foizi esa yaxshilangan deb hisoblamoqda.

So‘rovnomadagi respondentlarning 57 foizi narxlar va tariflar bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini, 57 foizi esa iqtisodiy holat og‘ir ekanini bildirgan. Qolgan soha va yo‘nalishlarda, asosan, oxirgi yillarda deyarli o‘zgarish bo‘lmaganligiga ovoz berilgan.

Savolga tutilganlarning atigi 3,5 foizi Vladimir Zelenskiy saylovoldi va’dalarini barjarganini, 33 foizi esa va’dalarning ko‘p qismi bajarilgani, 31 foizi kam qismi amalga oshirilganini tanlagan. 25 foiz ovozlar amaliy jihatdan hech nima qilinmaganini qayd etgan.

Iyun oyidagi so‘rovnomada esa respondentlarning asosiy qismi Zelenskiy va’dalarini bajarmagan deb hisoblamoqda. 71,5 foiz — oligarxlarning siyosatga ta’sirini kamaytirish haqidagi gap gapligicha qolgani, 70 foiz — yangi ish o‘rinlari yaratilmagani, 63 foiz — Ukraina sharqida tinchlik o‘rnatilmagani, 62 foiz — korrupsiya bilan kurash, 62 foiz — xalq hokimiyati ta’minlanmagan, 56 foiz — kommunal xizmatlar narxi tushirilmagani, 54 foiz — iqtisodiy ahvol yaxshilanmagani, daromadlar qonuniylashtirilmagani, 53 foiz — nafaqalarning oshirilmagani, 50 foiz — kasalxonalar va maktablar moliyalashtirilmagani, 47 foiz — shifokorlar va pedagoglar maoshi oshirilmagani, 46 foizi biznesga huquq-tartibot idoralari zarar yetkazishi davom etayotganiga ovoz bergan.

Hukumatni yangilash bo‘yicha va’dalarning bajarilishi nisbatan yaxshiroq baholangan: 52 foiz — qisman bajarilgan, 15 foiz — to‘liq bajarilgan — smartfonlarda Davlat tizimi yaratilib, aholining internet orqali tashkiliy tuzilmalar bilan muloqoti ta’minlangan (mos ravishda 47 va 13 foiz). Yo‘llarni Yevropa standartiga mos qilib qurish va’dasi deyarli bajarilmagan (46 foiz) yoki statistik jihatdan qisman yoki to‘liq bajarilmaganiga ham ko‘pchilik ovoz bergan (44 foiz).

Razumkov markazi e’lon qilgan tadqiqot 24—29 aprel kunlari mobil va statsionar telefonlarga tasodifiy qo‘ng‘iroqni amalga oshirish va intervyu olish yo‘li orqali amalga oshirilgan. Ukraina viloyatlaridan jami 2056 nafar fuqaro so‘rovnomada ishtirok etgan, Qrim va okkupatsiya qilingan Donetsk hamda Lugansk viloyatlari qismlarida yashovchi fuqarolar tadqiqotda qatnashmagan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ukraina fuqarolari Zelenskiy prezidentligining birinchi yili qanday o‘tganiga baho berdi