17:57 / 30.06.2020
2 537

Gulistonda IT parkning Cirdaryo filiali ochildi

Gulistonda IT parkning Cirdaryo filiali ochildi
“Xalq so‘zi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Bugun Guliston shahrida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direktori Farhod Ibragimov ishtirokida IT parkning Sirdaryo filiali tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy me’morchilik uslubida qurilgan binoda kuniga 1,5 ming dastruchi mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyatiga ega.

— O‘quv markazimiz dasturi oddiy kompyuter savodxonligidan loyihalar yaratishgacha bo‘lgan bosqichlardan iborat, — [leech=https://]deydi[/leech] filial direktori Oybek Anvarov. — Shuningdek, seminarlar zali, kovorking markazi, erkin muloqot maydonchasi, IT-ofislarga ham egamiz. IT – kafe va dam olish joylarimiz ham bor. Shuningdek, kibersport uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Murabbiy-o‘qituvchilarning barchasi sohaning yuqori malakali mutaxassislari hisoblanadi. Ular tarkibida Hindistondan kelgan murabbiy ham bor.

Tadbirda viloyat rahbari markazga «Bu maskan, Sirdaryoning kelajak manzilidir» deya baho berdi. Va markazda «Kibersport» bo‘yicha Sirdaryo ochiq chempionatini o‘tkazishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Gulistonda IT parkning Cirdaryo filiali ochildi