22:32 / 30.06.2020
2 845

Uchta hududida 73 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Uchta hududida 73 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 28 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Xorazm viloyatida 43 nafar, jami 73 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3262 nafar bemor sog‘aydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa «COVID-19»dan tuzalganlarning soni 143 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Xorazm viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 301 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5569 nafarni tashkil etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)