21:05 / 08.07.2020
2 993

Surxondaryoda 1000 o‘rinli karantin zonasi qurilib bitkazildi

Surxondaryoda 1000 o‘rinli karantin zonasi qurilib bitkazildi
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 1000 o‘rinli karantin zonasi qisqa muddatda qurib bitkazilgan. Maxsus jihozlangan konteynerlardan iborat karantin zonasi tez orada foydalanishga topishiriladi.

Kun.uz’ga xabar berishlaricha, karantin zonasining ventilyatsiya, tibbiy kislorod yetkazib berish, kommunikatsiya tizimlari zamonaviy tarzda jihozlanmoqda. Shuningdek, hududni elektr energiyasi, gaz, suv tarmoqlariga ulash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Karantin hududini barpo etishda barcha sanitar-gigiyenik normalar hisobga olingan bo‘lib, qurilish ishlari ikki smenada tashkil qilingan. Ob’ektda 200 nafarga yaqin quruvchi mehnat qilmoqda.

Karantin zonasida qurilish ishlari 5 iyul kuni yakunlangan bo‘lib, u tez orada foydalanishga topshiriladi.




Bungacha O‘zbekitonning bir qator hududlarida shunga o‘xshash karantin zonalari barpo etilgan edi.
Reportaj: Zangiota tumanida koronavirus bemorlari uchun qurilgan maxsus shifoxona ochildi

Namanganda 1200 o‘rinli karantin hududi qurildi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari uchun 10ga yaqin shifoxonalar qurilmoqda

Karantindan so‘ng maxsus shifoxonalar taqdiri nima bo‘ladi? Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov oydinlik kiritdi

O‘zbekistonda qurilayotgan maxsus kasalxonalarni keyinchalik ko‘p tarmoqli shifoxonalarga aylantirish mumkin

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Surxondaryoda 1000 o‘rinli karantin zonasi qurilib bitkazildi