1 729
Jahon banki eksperti: O‘zbekistonda ta’limga iste’dodli pedagoglarni jalb qilish tizimi yo‘q
Foto: LinkedIn
Pedagog kasbi maqomini oshirish uchun o‘qituvchilarni ishga saralab olish mexanizmlarini qat’iy talablar asosida ishlab chiqish lozim, deydi Jahon bankining ta’lim bo‘yicha eksperti Nodira Meliboyeva.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijtimoiy sohada davlat dasturi ijrosi muhokamasiga bag‘ishlab qator sohalar mutaxassislari ishtirokida onlayn davra suhbati tashkil etdi. Unda Jahon bankining ta’lim bo‘yicha eksperti Nodira Meliboyeva ta’lim tizimida mavjud kamchiliklarga to‘xtaldi.
«Maktabgacha ta’lim tizimida bolaning rivojlanish ko‘rsatkichlari, umumiy ta’lim tizimida o‘qish sifatini baholash mexanizmining yo‘qligi sohada monitoring ishlarini olib borish imkonini bermaydi.
Ta’limga iste’dodli pedagoglarni jalb qilish va saqlab turish tizimi mavjud emas. Pedagog kasbi maqomini oshirish uchun o‘qituvchilarni ishga saralab olish mexanizmlarini qat’iy talablar asosida ishlab chiqish lozim.
Shuningdek, mamlakatda ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligi muammosi bor. Ilmiy ishlar sifati va ko‘lamini oshirish uchun bu borada davlat resurlarini taqsimlash mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish kerak», – deya Nodira Meliboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Foto: "Taraqqiyot strategiyasi" markazi
Mutaxassis ta’lim tizimi tayyorlayotgan kadrlar va mehnat bozori talablari o‘rtasidagi nomuvofiqliklar haqida ham gapirdi.
«Ta’lim muassasalari bitiruvchilari egallagan bilim va ko‘nikmalar mamlakat mehnat bozorining mavjud talablariga to‘g‘ri kelmaydi.
Bu masalada iqtisodiyotning o‘sib borayotgan sektorlari va ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqqan holda ish tashkil qilinishi lozim», – dedi Nodira Meliboyeva.
Foto: "Taraqqiyot strategiyasi" markazi
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?