20:15 / 17.07.2020
2 458

Bugun to‘rtta hududda koronavirus yuqtirganlar qayd etildi

Bugun to‘rtta hududda koronavirus yuqtirganlar qayd etildi
2020 yil 17 iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15482 (+133) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 25 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 47 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 25 nafari Andijon viloyatida, 22 nafari Samarqand viloyatida hamda 14 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 8783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)