20:02 / 18.07.2020
1 797

Hokimlar har kuni «Mahalla» telekanalida epidemiologik vaziyat haqida tushuntirishlar beradi

Hokimlar har kuni «Mahalla» telekanalida epidemiologik vaziyat haqida tushuntirishlar beradi
Joriy yilning 20 iyulidan mamlakat aholisini, jumladan olis aholi punktlarini raqamli signal bilan to‘liq qamrab oluvchi va dunyoning 24 davlatida yo‘ldosh orqali ko‘rsatuvlarini namoyish etuvchi «Mahalla» telekanalida har kuni viloyat hokimlari, mahalliy hokimiyat rahbarlari ishtiroklaridagi brifinglar efirga uzatiladi.

Mazkur tadbirlarda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida hududlardagi epidemiologik vaziyat va uni barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida tushuntirishlar beriladi.

Chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar «Mahalla» telekanalini «Feysbuk»dagi sahifasida quyidagi havola orqali tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi: https://www.facebook.com/MAHALLA.TV/

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hokimlar har kuni «Mahalla» telekanalida epidemiologik vaziyat haqida tushuntirishlar beradi