11:05 / 19.07.2020
2 639

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 7 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 7 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 243 kishida virus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 19 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16429 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 45 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 77 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 36 nafari Andijon viloyatida, 22 nafari Namangan viloyatida, 18 nafari Toshkent viloyatida, 17 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 1 nafari Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda 9127 bemor sog‘ayib chiqqan.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda 7218 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 72 nafari og‘ir, 21 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 7 mingdan oshdi