20:34 / 20.07.2020
2 901

O‘zbekistonda ushbu hafta qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda ushbu hafta qanday ob-havo kutilmoqda?
Respublika Gidrometerologiya markazi ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Butun ish haftasi mobaynida O‘zbekiston hududida ob-havo issiq va quruq bo‘ladi, faqat bugun va ertaga respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat bu kunlarda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi, respublikaning ayrim joylarida (asosan, bu mamlakatimizning janubiy va cho‘l zonalari) termometr ustunchasi 42 darajaga yetadi, bu me’yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir.

Harorat fonining yuqori bo‘lishiga qaramasdan, bu bizning mintaqa uchun anomal harorat emas. Shunday, masalan, 2018-2019 yillarda xuddi shu davrda kunduzgi harorat 40-43 darajagacha yetgan. Respublikamiz shimoli va cho‘l zonasida harorat qiymatlari 44-46 daraja bo‘lgani qayd etilgan. Shu davr uchun eng yuqori harorat Navoiy viloyatidagi Buzauboy meteostansiyasida 2019 yil 20 iyulda qayd etilgan, o‘shanda havo harorati termometr ustunchasining 47,7 daraja ko‘rsatkichida to‘xtagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda ushbu hafta qanday ob-havo kutilmoqda?