O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati Zulhijja oyi qachondan boshlanishi haqida ma’lumot berdi.
Misr Arab Respublikasidagi “Dorul Ifto” fatvo hay’ati tomonidan hijriy 1441 yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisob bo‘yicha 2020 yil 22 iyul kuniga to‘g‘ri kelayotgani e’lon qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotganlar cheklangan adaddagi mahalliy ziyoratchilar 2020 yil 30 iyul, arafa kuni Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar.
“2020 yil 31 iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni bo‘lib, Islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘ladi, insha Alloh”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi