23:54 / 04.08.2020
1 346

Bugun mamlakatimizda 746 holatda kasallik qayd etildi

Bugun mamlakatimizda 746 holatda kasallik qayd etildi
Shu yilning 4 avgust kuni mamlakatimizda 746 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning 23 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 723 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Xorazm, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 789 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 27 047 nafar bemordan 18 051 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 831 nafar bemordan 619 nafari og‘ir, 155 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)