10:15 / 07.08.2020
3 279

O‘zbek o‘g‘loni Shohjahon Germaniyada dard bilan olishmoqda

O‘zbek o‘g‘loni Shohjahon Germaniyada dard bilan olishmoqda
Bu yigitchaning ismi Shohjahon Safarov. U endigina 14 yoshga kirdi. Ammo ayni o‘ynab kuladigan paytida u og‘ir kasallik bilan kurashayapti.

Onasining bittayu-bitta farzandi Shohjahon Safarov soppa-sog‘, orzu va maqsadlari osmon bo‘lgan, qo‘shiqlar aytib yurgan yigitcha edi. Barchasi oyoq og‘rig‘idan boshlandi. Uni shifokor ko‘rigiga olib borgan ona Dilfuza Hotamovani poytaxt onkologlari qo‘ygan tashxisi dovdiratib qo‘ydi: “Yumaloq hujayra sarkomasi”. Shohjahonga biopsiya tekshiruvi va 1-kurs muolajasi qilinganidan so‘ng 2-kurs kimyo muolajalari esa o‘z yurti Buxoro onkologiya shifoxonasida qilinadi.

Ammo diagnostika va davolashda qo‘llangan taktikada adashiladi. Shu tarzda ham vaqt, ham Shohjahonning sog‘lig‘i boy berilgan edi. Chunki Shohjahonning kasalligi yumaloq hujayra sarkomasi emas, Yuing sarkomasi edi. Nima farqi bor, dersiz? Yuing sarkomasi, boshqa sarkomalarga qaraganda xavfli va o‘ta agressiv, tez rivojlanib ketadi. Ya’ni hammamiz biladigan xavfli o‘sma kasalliklarining ham eng murakkabi bu.

Vaqt boy berilgani sababli Shohjahonning tanasida metastazlar hosil bo‘lib ulgurgan ekan. Shohjahon va onasi bugungi kunda shifo izlab Germaniyaning Xalle shahridagi Universitätsklinikum klinikasiga kelishgan va shu yerda davolanishmoqda.

– Shohjahon yakkayu-yagona farzandim. Usiz hayotimni bir lahzaga bo‘lsada tasavvur qila olmayman. Shu yurtlarga kelishni orzu qilmasdim. Taqdirni qarangki, kasallik bizni yetaklab keldi.

Germaniya shifokorlari Shohjahonni klinikida to‘la tekshirib, tashxis qo‘yishgan va davolash rejasi ham ishlab chiqishgan. Rejaga ko‘ra, unga 6 kurs kimyo terapiyasi, jarrohlik amaliyoti, nur terapiyasi va yana 8 kurs kimyo terapiyasi qilinishi kerak.

Muolajaning narxi nihoyatda ulkan – 176 ming yevro!

Kim eshitsa qo‘rqib ketadigan raqam. Ammo Allohning ham bizga yetkazgani ham bor ekan – bugungi kunda mablag‘ning 40 ming yevrosi qo‘li ochiq homiylar tomonidan yig‘ildi. 20 ming yevro esa Germaniya xayriya fondlari tomonidan to‘landi. O‘zbekistonning Frankfurt shahridagi Bosh konsulxonasi ham, bu yerdagi vatandoshlarimiz ham vaziyatdan boxabar va imkon qadar yordam berishayapti

Yana qator jamg‘armalar ko‘mak berish istagini bildirishgan, ammo shunda ham Shohjahonning davolanishi uchun yana ancha mablag‘ kerak. Shuning uchun men, olisdagi musofir singlingiz jon farzandim – O‘zbekistonning mo‘ltirab turgan bir bolasi uchun sizdan yordam so‘rayapman. Bolamni sog‘-salomat olib ketsam, har biringizni butun umr duo qilib o‘taman, – deydi onasi Dilfuza Hotamova yig‘lab.

Shohjahon Safarovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0423 8902 9884 (Agrobank, Shohjahonning xolasi Istat Shodiyeva nomida)

Humo: 9860 1201 4282 3216 (onasi Dilfuza Hotamova nomida)

Viza: 4790 9122 1074 9190 (onasi Dilfuza Hotamova nomida)

Telegram raqami (O‘zbekiston): +998944848133

Bevosita gaplashish uchun telefon raqami (Germaniya): +4917655851235

Bugungi kunda vaqtincha istiqomat qilayotgan manzili:

Ernst Grube Straße, 31; Kinderplanet Hotel/ Haale(Saale)

Hech kimning farzandi kasal bo‘lmasin. Ayniqsa musofirchilikda har kimning ko‘ziga ilinj bilan tikilmasin. Shohjahon saxiy insonlar ko‘magida albatta yurtimizga sog‘-salomat qaytadi deb, ishonamiz.

Abror Zohidov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbek o‘g‘loni Shohjahon Germaniyada dard bilan olishmoqda