10:00 / 12.08.2020
3 872

Biryo‘la yetti hududda yangi holatlar aniqlandi

Biryo‘la yetti hududda yangi holatlar aniqlandi
2020 yil 12 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 215 (+232) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 155 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Samarqand viloyatida, yana 23 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida, yana 6 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli Sh.A. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 55 yoshli B.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 24 090 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (75 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 7 917 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1308 nafari og‘ir, 428 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Biryo‘la yetti hududda yangi holatlar aniqlandi