20:46 / 31.08.2020
1 771

«Ko‘p illatlarni unutishimiz kerak» - Prezident

«Ko‘p illatlarni unutishimiz kerak» - Prezident
O‘zbekistonda ko‘p ijro organlari rahbarlari ochiqlik siyosatiga tayyor emasligini ko‘rsatib qo‘ymoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tgan bayram marosimidan keyingi chiqishida aytib o‘tdi.

«Bir narsani bilinglar. Juda katta imkoniyatlarimiz bor. Xudoga shukr, niyatlarimiz pok, rejalarimiz aniq.
Bizga bitta narsa kerak, tinchlik-osoyishtalik kerak. Bizga bitta narsa kerak, birinchi kundan aytganimdek, rahbarlarning oyog‘i uzilmasdan, xalqimizning qiyinchiliklarini tushunib, boshlagan ishlarimizni halol-poklik bilan davom ettirsak kam bo‘lmaymiz.

Buni barchamiz bilishimiz kerak. Barcha soha vakillari bilishi kerak.
Bir narsaga ishoninglar - yo‘limiz to‘g‘ri. Bizning asosiy maqsad-muddaomiz - xalqimizni rozi qilish. Og‘ir vazifa.

Ko‘p illatlarni unutishimiz kerak. Qanday qiyin bo‘lyapti. Hokimlarimizga xalqning ichiga kir, xalqning oldiga bor, odamning dardini eshit, mana shu eshitgan dardini, qo‘lingdan kelmasa, yaxshi gap bilan, qo‘lingdan kelsa, ish bilan amalda ko‘rsat, deb juda ko‘p harakat qilyapmiz.

Lekin besh qo‘l baravar emas. Juda ko‘p-ko‘p ishlarimiz to‘siqlarga, joylardagi noinsofchiliklarga duch kelmoqda. Hali ko‘p ijro organlari rahbarlari bunaqa ochiqlikka tayyor emas. O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas deb aytganim bejiz emas. Bu ochiq O‘zbekiston.

Buyukligimizni, tanamizda qanday buyuk qonlar borligini biz faqat bilimimiz bilan, qiladigan ishlarimiz bilan ko‘rsatishimiz mumkin. Farzandlarimizni o‘qitib, ularni jahonga chiqara olsak, bayrog‘imizni katta-katta joylarda hilpirata olsak, bundan ortiq baxt, bundan boshqa orzu-niyatim yo‘q
», degan prezident.

Davlat rahbari yana bir bor koronavirus mavzusiga to‘xtalgan.
«Iloyim shu balo-qazodan jipslikda o‘tib olaylik. Kechagi videoselektorda yana bir bor aytdim, yonimizda yuribdi bu virus.
Mana, Milliy teatrimizning rahbari vafot etdi. Rosa harakat qildik, ming afsus, asrab qololmadik. Shu voqealardan keyin ko‘zimga hech uyqu kelmadi.

O‘zimizga ko‘p narsa bog‘liq-da. O‘zimiz ham ogoh bo‘lib, ehtiyot bo‘lib, shifokorlar aytganini qilaylik. Bu juda ayyor dushman. U bilan kurashish oson emas, undan o‘n baravar ayyor bo‘lish kerak, aqlimizni ishlatib. Niqobni yechmaslik kerak, masofani saqlashimiz kerak, to‘ylarni bejirim qilib o‘tkazishimiz kerak. Qilsa bo‘larkanku o‘ttiz kishi bilan.

Mana shunday qiyin vaqtlarni boshdan kechiryapmiz. Lekin yo‘limiz to‘g‘ri, niyatimiz pok
», degan davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Ko‘p illatlarni unutishimiz kerak» - Prezident