21:10 / 31.08.2020
3 298

Har qanday qiyinchilik ortidan albatta bir yengillik keladi – Prezident (video)

Har qanday qiyinchilik ortidan albatta bir yengillik keladi – Prezident (video)
Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tgan marosimdagi nutqida bu qiyinchiliklar ortidan albatta bir yengillik kelishi haqidagi Qur’oni karim oyatlaridan iqtibos keltirdi.

"Bugungi og‘ir vaziyat har birimizdan o‘z faoliyatimiz va mas’uliyatimizni yanada kuchaytirishni talab etmoqda.
Xalqimizda «Ko‘z – qo‘rqoq, qo‘l – botir», degan chuqur ma’noli ibora bor. Bugungi sharoitda bizning ko‘zimiz ham, qo‘limiz ham, yuragimiz ham botir bo‘lishi kerak. Belimizni mahkam bog‘lab, pok niyat bilan mehnat qilsak, shubhasiz, ko‘zlagan marralarimizga erishamiz.

Muqaddas kitoblarda aytilganidek, har qanday qiyinchilik ortidan albatta bir yengillik keladi. Barchamiz bunga ishonamiz va qodir Allohdan shuni so‘raymiz.


Ma’lumot uchun: Qur’oni karim Sharh surasi 5-oyatining ma’nolari tarjimasi aynan shu ma’nolarni ifoda etadi: "Bas, albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir".

Hali ko‘p Navro‘z va Hayit ayyomlarini, tarixiy sanalar va umumxalq bayramlarini hammamiz birgalikda shodu xurramlik bilan o‘tkazamiz, inshalloh.

Mana, kelgusi yili davlatimiz mustaqilligiga o‘ttiz yil to‘ladi. Mamlakatimiz tarixidagi ushbu unutilmas shonli sanani har tomonlama munosib nishonlashni niyat qilganmiz. Ilohim, shu kunlarga sog‘-omon, yorug‘ yuz bilan yetish hammamizga nasib etsin" - dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Har qanday qiyinchilik ortidan albatta bir yengillik keladi – Prezident (video)