11:43 / 04.09.2020
2 070

Yil davomida 9 bor qoida buzgan haydovchi oxiri o‘zi va 3 nafar yo‘lovchi umriga zomin bo‘ldi

Yil davomida 9 bor qoida buzgan haydovchi oxiri o‘zi va 3 nafar yo‘lovchi umriga zomin bo‘ldi
Joriy yilning 4 sentabr kuni soat 05:00 larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tgan 4R 112 «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 10-kilometrida mudhish YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan J.M. «Matiz» rusumli avtomobilda boshqaruv vaqtida uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketadi va qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan I.O. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobil bilan to‘qnashadi.

Natijada «Matiz» rusumli avtomobil xaydovchisi 22 yoshli J.M. hamda yo‘lovchisi 23 yoshli S.X. va «Neksiya» rusumli avtomobil yo‘lovchilari 45 yoshli I.M., 39 yoshli R.G‘.lar og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etishgan.

«Neksiya» rusumli avtomobil xaydovchisi 33 yoshli I.O. va yo‘lovchilari 23 yoshli Sh.S., 22 yoshli N.A.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilganlar.

Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, «Matiz» rusumli avtomobil haydovchisi J.M. bir yil davomida 9 marotaba, «Neksiya» rusumli avtomobil haydovchisi I.O. 1 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yil davomida 9 bor qoida buzgan haydovchi oxiri o‘zi va 3 nafar yo‘lovchi umriga zomin bo‘ldi