15:41 / 04.09.2020
2 721

O‘zbekistonda shu yildan o‘quv jarayoni boshlanadigan OTM tashkil etildi

O‘zbekistonda shu yildan o‘quv jarayoni boshlanadigan OTM tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 536-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “O‘zbek maqom san’ati fakulteti” hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etildi.

Institut O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga idoraviy jihatdan bo‘ysunadi.

Madaniyat sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib maqom ijrochiligi va baxshichilik san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy- pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish institutning asosiy vazifasi etib belgilangan.

Institutda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Institutda xalqaro ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga qarorga 1-ilovada keltirilgan yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan, shuningdek, ushbu yo‘nalishlar (mutaxassisliklar)da tahsil olayotgan talabalar o‘qishlarini Institutda davom ettiradilar.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutda maxsus sirtqi ta’lim tashkil etiladi hamda unga madaniyat va san’at ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan avsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda shu yildan o‘quv jarayoni boshlanadigan OTM tashkil etildi