17:47 / 04.09.2020
1 941

Apple bir kunda 180 mlrd dollar kapitalizatsiyasidan ayrildi — bu tarixdagi rekord qulash

Apple bir kunda 180 mlrd dollar kapitalizatsiyasidan ayrildi — bu tarixdagi rekord qulash
3-sentabr savdolari natijalariga ko‘ra, Apple aksiyalari 8 foizga tushib ketganidan so‘ng, kompaniya kapitalizatsiyasi 180 milliard dollarga tushib ketdi. Bu haqda Barron’s nashri xabar berdi.

Bu bir vaqtning o‘zida har qanday kompaniya tarixida kuzatilgan eng yirik qulash hisoblanadi. Bundan oldingi rekord 2008-yilda Volkswagen’da qayd etilgandi, o‘shanda kompaniya kapitalizatsiyasi 153 milliard dollarga tushib ketgan. AQSHda esa eng yirik pasayish 2018-yili Facebook’da kuzatilgan — kompaniya 119 milliard dollardan ayrilgan.

Aksiyalar narxi tushib ketganidan so‘ng, Apple qiymati 2,067 trillion dollarni tashkil etmoqda. Apple kapitalizatsiyasi 19-avgustda birinchi bor ikki trillion dollardan oshgandi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Apple va Microsoft kapitalizatsiyalari 1,5 trillion dollarlik marrani zabt etgandi, Apple kompaniyasining aksiyalari NASDAQ birjasining 31 iyuldagi savdolarida 7,1 foizga oshgan va bitta aksiya narxi 412 dollarga yetgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Apple bir kunda 180 mlrd dollar kapitalizatsiyasidan ayrildi — bu tarixdagi rekord qulash