12:48 / 05.09.2020
2 600

Qo‘shfamiliyaga ega fuqarolarning farzandiga qay tarzda familiya berilishi ma’lum bo‘ldi

Qo‘shfamiliyaga ega fuqarolarning farzandiga qay tarzda familiya berilishi ma’lum bo‘ldi
Davlat xizmatlari agentligi qo‘shfamiliyaga ega bo‘lgan fuqarolarning farzandiga qay tarzda familiya berilishi haqida ma’lumot berdi.

“Oila kodeksining 69-moddasiga asosan, bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi.

Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin”, - deb tushuntirmoqda DXA.

Eslatib o‘tamiz, hukumat tomonidan tasdiqlangan FHDYO sohasiga oid qaror bilan nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat berildi.

Masalan, kuyov Ahmedov kelin Shuhratova bo‘lsa, shunda kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qo‘shfamiliyaga ega fuqarolarning farzandiga qay tarzda familiya berilishi ma’lum bo‘ldi