13:47 / 05.09.2020
3 091

Chilonzorda Turkiya fuqarosining uyida xizmatchilik qilgan ayol 7 mln so‘m pul va 3,5 mln so‘mlik qo‘l soatini o‘g‘irladi

Chilonzorda Turkiya fuqarosining uyida xizmatchilik qilgan ayol 7 mln so‘m pul va 3,5 mln so‘mlik qo‘l soatini o‘g‘irladi
Toshkent shahri Chilonzor tumanida vaqtincha yashayotgan Turkiya fuqarosining uyida xizmatchi bo‘lib ishlagan 28 yoshli ayol u yerdan 7 million so‘m pul va qiymati 3,5 million so‘m bo‘lgan erkaklar soatini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 yoshli ayol K.K. Chilonzor tumani 6-mavzedagi xonadonda vaqtinchalik istiqomat qiluvchi Turkiya fuqarosi 55 yoshli N.E.ning uyida farrosh bo‘lib ishlagan.

2020-yilning 31-avgust kuni soat 18:00 dan 19:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ayol Turkiya fuqarosiga tegishli 7 million so‘m miqdoridagi naqd pul mablag‘lari va bahosi 3,5 million so‘mga teng bo‘lgan Cartier rusumli erkaklar qo‘l soatini yashirin ravishda talon-toroj qilib, N.E.ga jami 10,5 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan va hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Tergovoldi tekshiruv harakatlari davomida K.K.dan bir million so‘m miqdoridagi naqd pul va N.E.ga tegishli bo‘lgan erkaklar qo‘l soati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, K.K. gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Chilonzorda Turkiya fuqarosining uyida xizmatchilik qilgan ayol 7 mln so‘m pul va 3,5 mln so‘mlik qo‘l soatini o‘g‘irladi