2 248
Sirdaryoda Nexia’sining davlat raqami belgisini qog‘oz bilan yashirgan haydovchiga chora ko‘rildi
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati IIB YHXBga yo‘llangan fotosurat asosida Nexia’sining davlat raqami belgisini karton qog‘oz bilan berkitgan holda, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan haydovchi ma’muriy jarimaga tortilganini xabar qildi.
«Haydovchi mashinasini xohlaganicha yuqori tezlikka chiqarib tezlikni o‘lchash moslamalariga tushmasligi yoki ma’lum jarimani to‘lashdan qutulishi mumkindir, lekin o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yishini qanday tushunish mumkin.
Haydovchilardan transport vositasini boshqarish vaqtida belgilangan tezlikdan oshirmasliklarini, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz», – deyiladi boshqarma axborotida.
Xabarda Sirdaryo viloyatida mashinasining davlat raqami belgisini yashirib harakatlangan haydovchiga qanday miqdordagi ma’muriy jarima tayinlanganiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq Qashqadaryo viloyati Kitob shahrida Nexia rusumli transport vositasining orqa tomoniga o‘rnatilgan davlat raqami belgisini yechib, o‘rniga o‘z ismi yozilgan qog‘ozni yopishtirib olgan haydovchi jarimaga tortilgani xabar qilingandi. Aniqlangan holat yuzasidan Ma’muriy javobargarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida jarima belgilangan, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Shuningdek, TikTok videoservisiga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardacha videosini joylashtirgan toshkentlik haydovchi jarimaga tortilgani to‘g‘risida ham xabar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi