11:06 / 15.09.2020
3 329

FVV markaziy apparatida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

FVV markaziy apparatida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik xabarida aytiladi.

Polkovnik Zulfiqor Qilichev Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh boshqarmasi Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Favqulodda vaziyatlar vazirligi Safarbarlik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Fayzullo Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar polkovnik F.Azizov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika moddiy-texnik ta’minot markazi boshlig‘ining o‘rinbosari - Ta’minot bazasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Xurshid Sadirov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tashkiliy-tahlil boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i vazifasida xizmat qilgan.

Polkovnik Abdurazzoq Abduxalikov Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U hozirgi kunga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan oldin, Qo‘ng‘irot va Qo‘shko‘pir tumanlari FVB boshliqlari koronavirusdan vafot etgani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » FVV markaziy apparatida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi