11:42 / 15.09.2020
2 107

O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun davlat tilini bilish shart etib belgilangan qonun kuchga kirdi

O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun davlat tilini bilish shart etib belgilangan qonun kuchga kirdi
Qonunchilik palatasi tomonidan shu yil 18 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 28 fevralda ma’qullangan va Prezident tomonidan 13 mart kuni imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi.

Qonunning avvalgi tahriridan jiddiy farq qiluvchi jihatlaridan biri – O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik masalasidir. Unga ko‘ra:

- 1992 yil 28 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonda doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo‘lmagan va O‘zbekistonning fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxs;
- O‘zbekiston hududida yashagan va 1992 yil 28 iyulga qadar o‘qish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim olgan yoxud harbiy xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O‘zbekistonga qaytib kelgan hamda O‘zbekistonda doimiy propiskadan o‘tgan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo‘lmasa O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.

Shuningdek, qonunda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston fuqaroligini tan olishga doir qoidalar belgilangan.

Jumladan, 6-moddaga ko‘ra, 1995 yil 1 yanvarga kadar O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi asosida yashab turgan shaxs istak bildirgan taqdirda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Bundan tashqari, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston fuqarolari deb tan olingan bola ham yuqoridagi asoslarga ko‘ra O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Shu bilan birga, qonunga yangi vatandosh tushunchasi kiritilib, unga ko‘ra O‘zbekiston hududida tug‘ilgan yoki ilgari uning hududida yashagan, O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston hududidan tashqarida yashaydigan shaxs va uning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan keyingi qarindoshlari, agar ularning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshlari O‘zbekiston hududida yashayotgan bo‘lsa, ular vatandosh deb yuritilishi belgilandi.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi. Unga ko‘ra, vatandoshga nisbatan tirikchilikning qonuniy manbayiga ega bo‘lsa, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa yoki davlat tilini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston fuqaroligini olish uchun davlat tilini bilish shart etib belgilangan qonun kuchga kirdi