12:00 / 20.09.2020
2 020

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 51 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 51 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 243 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 51 ming 235taga yetgani haqida xabar berdi.
«Yangi kasallanish holatlarining 228 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli S.M. (erkak) hamda Quyichirchiq tumanida yashagan 57 yoshli R.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Endilikda rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 429taga yetgan.
Shu vaqtgacha 47 ming 271 nafar bemor koronavirusdan sog‘aygan (92 foiz).

Hozirda 3535 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 495 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 51 mingdan oshdi