18:08 / 02.11.2020
3 891

Kuzning so‘nggi oyida qanday ob-havo kutiladi?

Kuzning so‘nggi oyida qanday ob-havo kutiladi?
Respublika Gidrometeorologiya markazi noyabr oyida kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Noyabr — kuzning oxirgi oyi va u odatda, haroratning keskin o‘zgarishlari bilan ajralib turadi. Noyabr oyining o‘rtacha harorati oktabrga nisbatan 5-7 daraja pastdir. Bu oyda yog‘ingarchilik ham ko‘proq kuzatiladi, ko‘proq davom etib, kuchliroq bo‘ladi. Noyabrda yomg‘irning qorga aylanish holatlari takrorlanib turadi. Tog‘li tumanlarda ayrim joylarda qor qoplami hosil bo‘lsada, ko‘pincha u beqaror bo‘ladi.

Butun kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillarda noyabr oyida harorat, odatda, oyning birinchi yarmida 27-32 darajagacha, janubda 34 darajagacha ko‘tarilgan.

O‘tgan asrning o‘rtasigacha eng sovuq noyabrlarda harorat 13-18 daraja sovuqqacha, hatto undan ham past, shimolda 22-27 daraja sovuqqacha pasaygan.

Lekin so‘nggi 50 yil ichida respublika hududida noyabrda bunday sovuqlar kuzatilmayapti. Kamdan-kam holatlarda tunda harorat 4-6 daraja sovuqqa, shimolda 13-16 daraja sovuqqacha tushadi. Faqat 2016 yil noyabrining oxirgi o‘n kunligida harorat 8-13 daraja sovuq, shimolda 20-22 daraja sovuq bo‘lgan.

O‘zgidrometning jahon ob-havo markazlari ma’lumotlaridan foydalanib tayyorlangan dastlabki baholariga ko‘ra bu yilgi noyabr ham harorat rejimi, ham yog‘ingarchilik rejimi bo‘yicha me’rlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.

Noyabrning deyarli butun birinchi haftasi davomida O‘zbekistonda ob-havo kam bulutli bo‘ladi. Dam olish kunlarida bulutlilik ortadi, biroq quruq havo keyingi haftaning boshigacha saqlanib turadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Keyinchalik issiq to‘lqinlar sovuq to‘lqinlar bilan almashib turadi, harorat kechasi 5-8 daraja iliqdan 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 17-20 daraja issiqdan 3-6 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kuzning so‘nggi oyida qanday ob-havo kutiladi?