15:05 / 08.11.2020
3 154

O‘zbekistondagi maktablarda 6 fanni birlashtirgan Science fani joriy etiladi

O‘zbekistondagi maktablarda 6 fanni birlashtirgan Science fani joriy etiladi
O‘zbekiston ta’lim tizimida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab 1—6-sinflarda tabiiy fanlarni o‘zida jamlagan Tabiiy (Science) fanlar joriy etiladi. Bu haqda xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika ta’lim markazi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimida tabiiy fanlar (biologiya, geografiya, kimyo, fizika) 1—6-sinflarda Science dasturi asosida o‘qitiladi.

Science fanlar ayni vaqtda o‘qitib kelinayotgan 1—2-sinfda «Atrofimizdagi olam», 3—4-sinflarda «Tabiatshunoslik», yuqori sinflarda esa 4 ta alohida fanlar, ya’ni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7-sinfdan boshlab) fanlarini o‘zida birlashtiradi.

«Tabiiy (Science) fanlarning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan orqali o‘quvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik ko‘nikmalari rivojlanadi. Natijada PISA, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Xalq ta’limi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan Tabiiy (Science) fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturi loyihasi yaratilib, muhokama qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistondagi maktablarda 6 fanni birlashtirgan Science fani joriy etiladi