07:30 / 18.11.2020
2 623

Yurtimizda koronavirus bo‘yicha statistika va raqamlar nega har xil?

Yurtimizda koronavirus bo‘yicha statistika va raqamlar nega har xil?
Internet tarmog‘ida bugungi kunda koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarda 6570 nafar bemor davolanayotgani, Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy statistikasida esa bu ko‘rsatkich 2123 nafar ekani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu ma’lumot yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi shuni ma’lum qiladiki, ko‘rsatilgan 6570 nafar bemor orasida o‘tkir respirator kasalliklari, koronavirusga gumon qilingan va og‘ir turdagi pnevmoniya, shuningdek, virus tasdiqlanmagan bemorlar ham bor.

Koronavirus bilan bog‘liq statistikaga faqat maxsus laborator tibbiy tekshiruvlar orqali kasalligi tasdiqlangan bemorlargina kiritiladi.

Kasallikning ayrim alomatlari mavjud bo‘lib, kasallik gumon qilingan, lekin infeksiya tasdiqlanmagan, shuningdek, pnevmoniyaga chalingan yoki unga ham gumon qilingan bemorlar, tabiiyki, koronavirus bilan bog‘liq umumiy rasmiy statistikada hisobga olinmaydi. Ammo yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan va yurtimizning qator hududlarida tashkil etilgan Saralash va taqsimlash markazlarida bunday bemorlar ham statsionar sharoitda davolanishlari uchun zarur sharoitlar muhayyo qilingan. Hozirda ular shunday maskanlarda davolanishmoqda.

Kasallik tasdiqlansa, ular darhol rasmiy statistikada qayd etiladi va yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yo‘naltiriladi. Shuning uchun koronavirus tasdiqlanmagan, lekin boshqa kasalliklardan davolanayotgan bemorlar ham juda ko‘p. Shularning hisobiga shifoxonalardagi bemorlar soni koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning vazirlik e’lon qilayotgan rasmiy miqdoridan farqli ekanini ko‘rish mumkin, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi izohida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yurtimizda koronavirus bo‘yicha statistika va raqamlar nega har xil?