10:40 / 19.11.2020
3 263

Hukumat oliy ta’lim sohasiga aloqador yangi qaror qabul qilishi kutilyapti

Hukumat oliy ta’lim sohasiga aloqador yangi qaror qabul qilishi kutilyapti
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining kredit-modul tizimi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
  • respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish choralarini ko‘radi;
  • o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlari takomillashtirilishini ta’minlaydi.

Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ularni yuqori malakaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash maqsadida birlamchi xarajatlarni amalga oshirgandan so‘ng bo‘shab qolayotgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Respublika oliy ta’lim kengashining takliflariga rozilik beriladi:

a) oliy ta’lim muassasasi kengashi qarori asosida:
  • oliy ta’lim muassasasida 3 yil ishlab berish majburiyatini belgilovchi shartnomani rasmiylashtirgan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalari yoki tashkilotlarda professor-o‘qituvchilarning stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi;
  • mazkur ta’lim muassasasida 5 yil ishlab berish majburiyatini belgilovchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-o‘qituvchilarni nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarining magistratura hamda doktorantura dasturlarida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish;

b) oliy ta’lim muassasasi huzurida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs bo‘lgan ta’lim va ilmiy-tadqiqot davlat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qurilish, joriy va kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘lar ajratish.

Belgilab qo‘yilishicha, oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2021 yil 1 yanvardan boshlab:
  • oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining mehnatiga soatbay haq to‘lash oliy ta’lim muassasalari talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi;
  • ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanadi;
  • oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hukumat oliy ta’lim sohasiga aloqador yangi qaror qabul qilishi kutilyapti