20:05 / 21.11.2020
1 414

FVV qor yog‘ishi munosabati bilan haydovchilarni ogohlantirdi

FVV qor yog‘ishi munosabati bilan haydovchilarni ogohlantirdi
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazidan berilgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 22 noyabr kuni A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, shamol tezligi 7-12 m/s gacha kuchayishi, harorat kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuq bo‘lishi, yo‘llarda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq noxush holatlar oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘radi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)