21:00 / 11.12.2020
5 104

Dam olish kunlari O‘Zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Dam olish kunlari O‘Zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
Respublika Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. Bugun O‘zbekistonda kunduzgi ob-havo sharoitini markazi Ural hududlari ustida joylashgan sovuq antisiklon periferiyasi belgilaydi.

Respublika hududlarining ko‘p qismida havo harorati 0-5 daraja iliq bo‘lgan yog‘ingarchiliksiz sovuq ob-havo saqlanib turadi.

Turkmanistonga qo‘shni hududlar ustida yuqori siklon zonasida shakllangan bulutli massiv faqat respublikaning shimoliy hududlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bugun kunduz kuni Qoraqalpog‘istonning va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin, havo harorati 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.

Dam olish kunlari yuqori siklonli bulutli massiv asta-sekin O‘zbekistonning qolgan hududlariga siljiydi. 12 dekabrda janubi-g‘arbiy hududlarda, 13 dekabrda Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Shu kunlarda havo harorati deyarli o‘zgarmaydi, kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 darada iliq atrofida, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari 12-17 daraja sovuq, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.

Bunday havo harorati dekabr oyi o‘rtalaridagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 6-9 darajaga past bo‘lishida davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari O‘Zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?