22:30 / 12.12.2020
5 294

Yakshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Yakshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yakshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti