O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 2020 yil 25 dekabrdan e’tiboran O‘zbekistonga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish tartibini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Ekspress test aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida va chegara punktlarida O‘zbekistonga keluvchilarning o‘z hisobidan amalga oshiriladi.
Mazkur tartibga ko‘ra COVID-19ga topshirilgan PZR testining manfiy natijasi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega shaxslardan ham eksrpess test olinadi.
Ekspress test natijalari musbat chiqqanda, bemorlar koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo‘naltiriladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga binoan, O‘zbekistonga kelishni rejalashtirgan vatandoshlarimiz va xorijiy davlatlar fuqarolaridan 2020 yil 25 dekabrdan boshlab joriy qilinadigan davlat chegarasini kesib o‘tishning yangi tartibini hisobga olishi so‘raladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Bugundan koronavirus yuqtirgan bemorlar test natijasisiz ham shifoxonalarga joylashtiriladi (video)

Koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan ta’minlanadi

DTM oliygohlarga kirish imtihonlarining tartibi o‘zgarmaganini ma’lum qildi

To‘y va marosimlar to‘xtatiladi, choyxona va oshxonalar yopiladi

O‘zbekiston uchta davlat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi, 6 ta davlat fuqarolarining kirishi taqiqlandi

Prezident koronavirus bo‘yicha farmoyish chiqardi