23:36 / 21.12.2020
2 996

O‘zbekistonda Rossiyaga boradigan mehnat migrantlari «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanadi

O‘zbekistonda Rossiyaga boradigan mehnat migrantlari «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanadi
Foto: Rossiya sanoat va savdo vazirligi
O‘zbekiston Rossiyaga boradigan mehnat migrantlarini koronavirusga qarshi emlash uchun «Sputnik V» vaksinasidan 1 million doza buyurtma berdi. «Interfaks»ning xabar berishicha, bu haqda 21 dekabr kuni Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev ma’lum qildi.

«Rossiyaga ishlashga ketayotgan mehnat migrantlarini emlash uchun koronavirusga qarshi ‘Sputnik V’ vaksinasining 1 million dozasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi», — degan Tyurdenev 21 dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, kelgusi yili Rossiyadan COVID-19 ga qarshi ikkinchi «EpiVakKorona» vaksinasini xarid qilish uchun shartnoma tuzish kutilayotganini ma’lum qilgan.

Dekabr oyi boshlarida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish va mamlakat hududida vaksinalar ishlab chiqarish sanoatini ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining 100 ta dozasini shaxsan o‘zi Toshkentga olib kelgan edi.

Noyabr oxirida esa sog‘liqni saqlash vaziri 2020 yil oxiri yoki 2021 yil boshlarida O‘zbekiston «Sputnik V» vaksinasining klinik sinovlariga kirishishni mo‘ljallayotganini ma’lum qilgandi.

O‘zbekistonda 2021 yilning iyuniga qadar 60 foizgacha aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Rossiyaga boradigan mehnat migrantlari «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanadi