16:54 / 25.12.2020
4 780

O‘zbekistonga yana sovuq ob-havo kirib kelmoqda

O‘zbekistonga yana sovuq ob-havo kirib kelmoqda
Respublika Gidrometeorologiya markazi dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun O‘zbekiston hududlariga Eron hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelishi boshlandi. Ko‘pchilik viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikamizning shimoliy va janubi-sharqiy hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Havo harorati nihoyat dekabr oyining oxiridagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaiqnlashadi va 7-10° iliqni tashkil etadi.
Ertaga respublika hududlariga janubiy siklon kirishi boshlanadi, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq antisiklon kirib keladi.

Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin, faqat respublika shimolida va shimoliy hududlarning chekkasida yog‘ingarchilik kutilmaydi

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik bo‘ladi, u sovuq fonda qor ko‘rinishida davom etadi. Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli qor yog‘ishi mumkin, qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Dam olish kunlari harorat pasayadi va yakshanba kuni 3° sovuq-2° iliq atrofida bo‘ladi.Bu davrda kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Bugun va ertaga respublikaning ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga yana sovuq ob-havo kirib kelmoqda