18:30 / 25.12.2020
2 239

O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 6-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 6-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 6-o‘rinni egalladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov quyidagilarni ma’lum qildi.

Mamlakatimizning xalqaro miqyosda investitsion salohiyatini va imijini oshirish, nufuzli xalqaro reytinglar va indekslarda o‘rnini yaxshilashda ochiq ma’lumotlar sohasining rivojlanishi muhim ahamiyatga ega.

Shunday ekan, Prezident tomonidan sohani rivojlantirish borasida imzolanayotgan qarorlar ochiq ma’lumotlarning oshkoralik va sifati darajasini, ularni fuqarolarga va jahon hamjamiyatiga yetkazish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

O‘z navbatida bu «Open Data Inventory» (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingi va boshqa nufuzli xalqaro reytinglarda mamlakatimizning yuqori o‘rinlarni qayd etishiga zamin yaratadi.

Shundan kelib chiqib, 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalining yangi takomillashtirilgan varianti ishlab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi «Open Data Inventory» (ODIN) 2020-2021 ochiq ma’lumotlar reytingida 63 ball to‘plagan holda reytingda 125 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoda 44-o‘rinni va Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 6-o‘rinni egalladi