18:32 / 06.01.2021
2 050

Senat Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonunni ma’qulladi

Senat Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonunni ma’qulladi
Foto: Senat axborot xizmati
Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur Qonun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining mantiqiy davomi hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samararadorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni sud-huquq islohotlarining yangi bosqichini amalga oshirishning huquqiy asosini yaratdi.

Mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan Qonunga asosan sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini qayta ko‘rib chiqish tartibini ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda takomillashtirish, fuqarolar uchun odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida sud tizimida 2021 yil 1 yanvardan boshlab:
  • viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish;
  • ma’muriy tartib taomillar va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlarini tashkil etish, shu munosabat bilan tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tugatish. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari saqlab qolinishi nazarda tutilgan.

Shularga asosan sud tizimida tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasiga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi sud tizimini boshqarish masalalarini takomillashtirilishi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarni tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlashga erishish bilan bir qatorda, eng avvalo, fuqarolarning sudma-sud sarson bo‘lib yurishiga barham berib, ularning muammosining bir joyda hal qilinishi imkonini beradi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Senat Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonunni ma’qulladi