22:53 / 08.01.2021
2 633

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliqlashadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliqlashadi
O‘zbekistonda 8 yanvardan boshlab uzoq vaqt saqlanib turgan qatlamli bulutlar zichligi buzilishi boshlandi. Kunduz kungi harorat ko‘tarila boshladi, ammo manfiyligicha saqlanib qoldi, deb yozmoqda «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, dam olish kunlari antitsiklonning sovuq periferiyasi buzilishi davom etadi va yakshanba kuniga kelib yuqori bosim maydoni O‘zbekiston hududidan butunlay chiqib ketadi. Kechalari harorat ko‘tarilishi sekinroq bo‘ladi, kunduz kunlari esa tezlashadi.

10 yanvar, yakshanba kuni kechalari sovuq 1—6 darajagacha bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh havoni 7—10 daraja iliqqacha isitadi. «Nihoyat harorat me’yoriy qiymatlarga yaqinlashadi», — deyiladi xabarda.

Shu kunlarda havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, asosan biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ba’zi joylariga asosan kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hafta davomida anomal sovuq kuzatildi. Sovuq ta’sirida Toshkent viloyatidagi «Tuyabo‘g‘iz» suv omborining yuzasi muzlab qoldi, mamlakatda ayrim tadqiqotchilar «texnogen qor» deb ataydigan tabiat hodisasi, shuningdek, bulduruq hodisasi yuz berdi. «O‘zgidromet» vakili Malohat Ro‘ziyeva O‘zbekistonda 2021 yil yanvaridagidek qahraton so‘nggi 10 yilda birinchi marta kuzatilayotganini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliqlashadi