13:20 / 10.03.2021
3 444

Hafta oxirida O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi

Hafta oxirida O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi
O‘zgidromet O‘zbekistonga kirib kelayotgan sovuq havo necha kun saqlanib turishini ma’lum qildi.

Bahor kelib, kunlar yana isib, daraxtlar yana gullayotgan vaqtda O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan sovuq havo haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Kun.uz muxbiri mamlakatda noqulay ob-havo qancha muddat davomida saqlanib turishiga aniqlik kiritish maqsadida «O‘zgidromet» matbuot kotibi Munisaxon Asilxo‘jayevaga murojaat qildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston hududiga 13-14 martda Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

13-14 martda respublikada yog‘ingarchilik (yomg‘ir, 14 martga o‘tar kechasi qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 13 martda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

14-15 martda harorat kechalari 2-7° sovuqgacha, kunduz kunlari 2° sovuq- 3° iliqgacha, Qoraqalpog‘istonda kechalari 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 6-11° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayadi.

13-14 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

«Bunday ob-havo 15-16 mart kunlarida ham davom etadi. Lekin u kunlardagi aniq harorat bo‘yicha tasdiqlangan ma’lumotlar alohida e’lon qilinadi», degan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta oxirida O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi